Barcha yangiliklar
Mahalla yettiligi bilan yarim yillik ishlar muhokama qilindi
Gallery image 186174
Gallery image 186175
KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
11 Iyul 2026
10:03

Mahalla yettiligi bilan yarim yillik ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi – kotibiyat mudiri Xushnudbek Sultonov “Muhabbat” mahallasi yettiligi bilan uchrashib, 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar hamda III chorak uchun belgilangan ustuvor vazifalarni muhokama qildi.

Uchrashuv davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, obodonlashtirish, ijtimoiy muammolarni hal etish va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, kelgusi davrda hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.