Barcha yangiliklar

KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
11 Iyul 2026
10:00
“SHARLAUQ” MAHALLASI KOʻCHALARI TUNGI YORITGICH CHIROQLARI BILAN TAʼMINLANADIMI?
Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tuman Kengashi deputati Jasurbek Quryazov aholi murojaati asosida harakatni boshladi.
Deputat tomonidan “Sharlauq” mahallasi tarkibidagi Tuyamoʻyin yoʻli, Namuna, Yoshlik hamda Usmon Yusupov koʻchalariga tungi yoritgich chiroqlarini oʻrnatish masalasida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi R.Yuldashovga rasmiy deputat soʻrovi yuborildi.
Muddat — 10 kun. Koʻchalarning yorugʻ va xavfsiz boʻlishi deputatning qatʼiy nazoratida.