Barcha yangiliklar



KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
11 Iyul 2026
09:52
Agrar sohada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar murojaatlari tinglandi
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Zafarbek Dovletov agrar sohada band bo‘lgan xotin-qizlar vakillari uchun fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Qabul davomida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar esa mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda nazoratga olindi.