Barcha yangiliklar
Ta'mirlash ishlari deputatlar nazoratida
Gallery image 186165
Gallery image 186166
Gallery image 186167
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
10 Iyul 2026
00:00

Ta'mirlash ishlari deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati X. Xolmatov hamda Kengash kotibiyati mutaxassislari tomonidan "Yangi hayot" MFY hududidagi 28-sonli umumta'lim maktabida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur maktabni rekonstruksiya qilish uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 1 mlrd 651 mln so‘m ajratilgani hamda qurilish ishlari "Don Holm" MChJ tomonidan amalga oshirilayotgani ma'lum bo‘ldi.

Deputatlar tomonidan rekonstruksiya ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli yakunlash hamda obyektni yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar foydalanishga topshirish zarurligi ta'kidlandi.