Barcha yangiliklar



OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
10 Iyul 2026
00:00
SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish masalasi yuzasidan joylarda o‘rganishlar olib borildi.
Xususan, Andijon shahar 9-son umumta'lim maktabida yoshlarning yozgi ta'tilini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida deputatlar tomonidan barcha yoshlarni tadbirlarga keng jalb etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
O‘rganishda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati X.Xolmatov va kotibiyat mutaxassislari ishtirok etdi.