Barcha yangiliklar
Yoshlar kelajagi — e'tibor markazida!
Gallery image 186144
Gallery image 186145
Gallery image 186146
Gallery image 186147
Gallery image 186148
Gallery image 186149
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
09 Iyul 2026
00:00

Yoshlar kelajagi — e'tibor markazida!

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Qurbonova Dilafruz ishtirokida Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i L. Qurbonovga biriktirilgan Andijon pedagogika texnikumi bitiruvchilari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqot davomida bitiruvchi yoshlarning bandligini ta'minlash, ularni kasbiy faoliyatga yo‘naltirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda murojaat va takliflarini o‘rganishga alohida e'tibor qaratildi.

Yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, har bir masala yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta'minlash va jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.