Barcha yangiliklar
"Mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda fuqarolar murojaatlari o'rganilmoqda
Gallery image 21565
RAJABOVA GULSHODA SULTONMUROD QIZI
19 Dek 2024
16:41

"Mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda fuqarolar murojaatlari o'rganilmoqda

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashiga 11-Adas saylov okrugidan saylangan deputat Azamat Usmonov "Adas" mahallasidagi "Mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda mahallada istiqomat qiluvchi aholi xonadonlarida bo'lib, ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Aholi xonadonlari bilan tanishish jarayonida fuqarolarga qish mavsumini betalofat o'tkazish bo'yicha tushuntirish ishlari olib borilib, Ishtimoiy jihatdan qo'llab-quvvatlashga muhtoj fuqarolarga, mahalladagi Ijtimoiy xizmat xodimining tavsiyasiga asosan "Saxovat va Ko'mak" jamg'armasi mablag'laridan tegishli tardibda yordam ko'rsatish talablaridan kelib chiqgan holda yordam ko'rsatilishi to'g'risida vazifalar belgilab olindi.