Barcha yangiliklar
#deputatmurojaatdaftari  ⚡️"Navro‘z" mahallasidagi yangi elektr ustunlari muammosi deputat nazoratiga olindi!
Gallery image 186081
Gallery image 186082
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
10 Iyul 2026
20:48

#deputatmurojaatdaftari ⚡️"Navro‘z" mahallasidagi yangi elektr ustunlari muammosi deputat nazoratiga olindi!

Xonadonbay o‘rganishlar davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan jiddiy masala bo‘yicha deputatga murojaat qildilar.

💬Ma’lum bo‘lishicha, ko‘chalarga yangi temir-beton elektr ustunlari (tayanchlari) o‘rnatilgan bo‘lsa-da, bugungi kunga qadar ularga elektr simlari tortilmagan (o‘tkazilmagan).

💬Ushbu holat elektr ta’minoti infratuzilmasining chala qolishiga, tarmoqdagi yuklamalarning kamaymasligiga hamda aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

💬Yangi o‘rnatilgan ustunlarga sim o‘tkazish masalasi deputat X.Xolmuminovning shaxsiy murojaat daftariga nazoratga olinishi uchun kiritildi.

🫥Mazkur muammoni hal etish, yangi simlarni tortish va elektr tarmoqlarini to‘liq ishchi holatga keltirish yuzasidan shahar elektr ta’minoti korxonasi  mutasaddilariga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.