Barcha yangiliklar
Sessiya oldi o‘rganish amalga oshirildi
Gallery image 186048
Gallery image 186049
Gallery image 186050
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
10 Iyul 2026
20:01

Sessiya oldi o‘rganish amalga oshirildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputatlari tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan sessiya oldi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Jumladan, tumandagi ehtiyojmand oilalar xonadonlarini energiya tejamkor holatga keltirish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida xonadonlarning bugungi holati, energiya samaradorligini oshirishga bo‘lgan ehtiyoj hamda mablag‘ ajratish zarurati tahlil qilindi.

Mazkur o‘rganish natijalari navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqilib, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.