Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati mudiri F. Xolmuratova tomonidan Beklar mahallasida “yettilik” faoliyati o‘rganildi.
Gallery image 186041
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
10 Iyul 2026
19:58

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati mudiri F. Xolmuratova tomonidan Beklar mahallasida “yettilik” faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla tizimida fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash, bandlikni ta’minlash hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar holati tahlil qilindi.

Shuningdek, “yettilik” a’zolarining o‘zaro hamkorligi, yuklatilgan vazifalarni bajarish samaradorligi va aholi bilan bevosita ishlash mexanizmlari ko‘rib chiqildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mahallada ishlarni yanada takomillashtirish, fuqarolar muammolarini tezkor va samarali hal etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.