Barcha yangiliklar
BAHRIN MAHALLASIDA IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
Gallery image 185870
Gallery image 185871
Gallery image 185872
Gallery image 185873
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
10 Iyul 2026
18:38

BAHRIN MAHALLASIDA IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 7-Bahrin saylov okrugi deputati M.Raimdjanov tomonidan Bahrin mahalla fuqarolar yig‘ini hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ–35–V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari davom ettirildi.

O‘rganishlar davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati, ularning manzilliligi hamda amaldagi tartiblar asosida tashkil etilishi holati atroflicha tahlil qilindi.
Jumladan, kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va tayinlanayotgan ijtimoiy nafaqalarning qonunchilik talablari asosida, shaffof va manzilli tashkil etilishi holati o‘rganildi. Shuningdek, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam choralarining samaradorligi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, aholining ehtiyojmand qatlamiga ko‘rsatilayotgan yordamning manzilliligini kuchaytirish hamda ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va yetkazishda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.