Barcha yangiliklar
O‘rganish ishlari mahalla raisi hamrohligida davom ettirilib, Bahrin MFY, Mustaqillik ko‘chasi 99-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Abdullayev Abdulaziz Abdurashid o‘g‘lining tadbirkorlik faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Gallery image 185844
Gallery image 185845
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
10 Iyul 2026
18:35

O‘rganish ishlari mahalla raisi hamrohligida davom ettirilib, Bahrin MFY, Mustaqillik ko‘chasi 99-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Abdullayev Abdulaziz Abdurashid o‘g‘lining tadbirkorlik faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaroga savdo faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish maqsadida 35 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan. O‘rganish davomida ajratilgan kredit mablag‘larining maqsadli sarflanishi, tadbirkorlik faoliyatining bugungi holati hamda yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, faoliyat samaradorligini oshirish va mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, ajratilgan kredit mablag‘larining samarali o‘zlashtirilishi va faoliyatning barqarorligini ta’minlash masalalari deputatlik nazorati doirasida muntazam kuzatib borilishi ta’kidlandi.