Barcha yangiliklar
YOSHLAR BANDLIGI VA YERDAN SAMARALI FOYDALANISH — USTUVOR VAZIFA
Gallery image 185774
Gallery image 185775
Gallery image 185776
Gallery image 185777
Gallery image 185778
Gallery image 185779
Gallery image 185780
Gallery image 185781
NOSIROV OXUNJON ASLIDDIN O‘G‘LI
10 Iyul 2026
17:54

YOSHLAR BANDLIGI VA YERDAN SAMARALI FOYDALANISH — USTUVOR VAZIFA

YOSHLAR BANDLIGI VA YERDAN SAMARALI FOYDALANISH — USTUVOR VAZIFA
Viloyat rahbarining topshiriqlariga muvofiq, tumanda g‘alladan bo‘shagan unumdor yer maydonlarini takroriy ekinlar ekish uchun yoshlarga ajratish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Bugun tumanning "Jillisuv" hududida tashkil etilgan ko‘rgazmali seminarda 12-Bashir saylov okrugi deputati R.G'afurov boshchiligida sektor rahbarlari va mutaxassislar ishtirokida dastlabki 10 gektar yer maydoni 20 nafar yoshga takroriy ekin yetishtirish uchun topshirildi.
Seminar davomida yerga to‘g‘ri ishlov berish va hosildorlikni oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilib, dastlabki agrotexnik tadbirlar boshlab yuborildi.
📍 Ma’lumot o‘rnida: Tumanda ushbu dastur doirasida jami 418 gektar yer maydonini 530 nafar yoshga ajratish rejalashtirilgan bo‘lib, bu boradagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
Bu kabi tashabbuslar yoshlarimiz bandligini ta’minlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish hamda bozorlarimizda to‘kin-sochinlikni yaratishga xizmat qiladi.