Barcha yangiliklar
Aholi farovonligi va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Gallery image 185753
Gallery image 185754
Gallery image 185755
Gallery image 185756
Gallery image 185757
NOSIROV OXUNJON ASLIDDIN O‘G‘LI
10 Iyul 2026
17:50

Aholi farovonligi va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

"Tashabbusli budjet" amalda: Obikanda mahallasida asfaltlashtirish ishlari boshlandi!
Aholi farovonligi va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
O‘tgan mavsumda "Tashabbusli budjet" (Open Budget) loyihasida g‘olib deb topilgan Obikanda MFY hududidagi qariyb 3 kilometrlik ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlariga rasman start berildi.
🚧 Mazkur jarayonning dastlabki kunidanoq ishlar sifati va belgilangan standartlarga mosligi qat’iy nazoratga olingan.
Bugun olib borilayotgan asfalt yotqizish ishlarining borishi va sifati Kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov hamda "Madad" NTT mutaxassisi S.Usmonov tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi va nazoratdan otkazildi.
📌 Maqsad bitta — yo‘llarning uzoq yillar davomida xalqimizga sifatli xizmat qilishini ta’minlash hamda mahalla ahlining uzog‘ini yaqin, og‘irini engil qilish!

#Kotibiyat_mudirining_ish_reja_ijrosi
#Madad #NTT #hamkorlik

KENGASH_FAOLIYATI