Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi uchinchi sessiyasi chaqirilmoqda
Gallery image 21491
UKTAMOV FAYOZBEK UTKIROVICH
20 Dek 2024
12:25

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi uchinchi sessiyasi chaqirilmoqda

 Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan: 

1.Tumanda "Sayxunobod", "Uychi", "Zarbdor" va "G'ijduvon" tajribalari asosida aholini biznesga jalb qilish, aholi bandligini ta'minlash va daromadlarini oshirish bo'yicha olib borilgan ishlar to'g'risida tuman hokimining birinchi o'rinbosari Sh.Eshonqulovning hisoboti.

2.Payariq tumanida "Ayollar daftari" 5-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarni daftardan chiqarish yuzasidan tuman hokimining o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i G.Israilovaning hisoboti.

3.2024-yilning o'tgan davri davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati tomonidan amalga oshirilgan ishlar to'g'risida tuman Ichki ishlar bo'limi boshlig'ining o'rinbosari - Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig'i Sh.Po'latovning hisoboti haqida.

4.Payariq tumanining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to'g'risida.

5.Payariq tumani hokimining qabul qilgan qarorlarini ko'rib chiqish va tasdiqlash to'g'risida.

6.Boshqa masalalar.