Barcha yangiliklar
Kutubxonada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
Gallery image 185524
Gallery image 185525
Gallery image 185526
Gallery image 185527
TURSUNBAYEVA MASUDA RAVSHANBEKOVNA
10 Iyul 2026
16:21

Kutubxonada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev va kotibiyati mudiri J.Sadirov tumanning “S.Xondayliqiy” mahallasida tashkil etilgan "Sidqiy Xondayliqiy" nomidagi kutubxonaga tashrif buyurilib, muassasada kitobxonlarga yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza hamda aholiga ko‘rsatilayotgan axborot-kutubxona xizmatlari holati o‘rganildi.

Tashrif davomida kutubxonaning kitob fondi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, turli yosh toifasidagi kitobxonlarni jalb etish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.


Shuningdek, muassasaning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, kitob fondini zamonaviy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan boyitish, xizmatlar sifatini oshirish hamda aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.