Barcha yangiliklar
MILLAT GЕNOFONDINI SAQLASH MUHIM VAZIFA
Gallery image 185501
Gallery image 185502
Gallery image 185503
Gallery image 185504
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
10 Iyul 2026
16:09

MILLAT GЕNOFONDINI SAQLASH MUHIM VAZIFA

Yurtimizda millat genofondini saqlash muhim vazifalardan biri sifatida belgilab olinib, bu borada davlat hamda nodavlat tashkilotlari tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman kengashi deputatlari tashabbusi bilan “Pastdarg‘om meva-sabzavot dehqon bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyatida o‘tkazilgan o‘rganishlarda ham sog‘lom ovqatlanish va geni o‘zgartirilmagan mahsulotlarni ommalashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bozorda sotilayotgan mahsulotlar sifati, ularning saqlanish holati, yaroqlilik muddati ishchi guruhi tomonidan nazorat tartibida ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida yaxni ichimliklarning quyosh nuri ostida saqlanayotgani, pishiriq mahsulotlarining aksariyatida ishlab chiqarish sanasining ko‘rsatilmagani, ayrim sotuvchilarda tibbiyot daftarchasining mavjud emasligi, bozor hududida sanitariya gigiyena talablariga yetarlicha rioya etilmayotgani aniqlandi.