Barcha yangiliklar
PQ–468-son qarori ijrosi amalda: Paxtakor tumanida qurilish ishlari deputat nazoratida
Gallery image 185433
Gallery image 185434
Gallery image 185435
Gallery image 185436
Gallery image 185437
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
10 Iyul 2026
15:09

PQ–468-son qarori ijrosi amalda: Paxtakor tumanida qurilish ishlari deputat nazoratida

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashining 17-Oqbuloq saylov okrugi deputati M.Xasamiddinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ–468-son qarori ijrosi doirasida tumanda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

Deputat tashrif davomida "Oqbuloq" mahallasi hududida joylashgan 18-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Xususan maktabda bunyod etilayotgan 180 o‘rinli zamonaviy qo‘shimcha o‘quv binosi qurilishining borishi, bajarilgan ishlar sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Shuningdek mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratishga alohida etibor qaratish yuzasidan tavsiyalar berildi.