Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 185228
Gallery image 185229
Gallery image 185230
Gallery image 185231
Gallery image 185232
Gallery image 185233
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
10 Iyul 2026
11:41

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 👥Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🏛 Yig‘ilishda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari, mas’ul tashkilotlar vakillari hamda mutasaddilar ishtirok etdilar.

📋 Kun tartibiga muvofiq, tumanda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, tadbirkorlik va innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish masalalari ko‘rib chiqildi.

💬 Shuningdek, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda davlat va jamiyat hayotidagi ishtirokini yanada faollashtirish yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.