Barcha yangiliklar
#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #ekspert_guruhi
Gallery image 185221
Gallery image 185222
Gallery image 185223
Gallery image 185224
Gallery image 185225
Gallery image 185226
TEMIROVA ZILOLA ZAVQIDINOVNA
10 Iyul 2026
11:36

#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #ekspert_guruhi

#qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#tavsiyalar
#ekspert_guruhi

“Kamalak” xususiy bog‘chasidagi sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati D. Arabova tomonidan Kogon shahridagi “Kamalak” xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganish davomida bog‘chada tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, bolalarning rivojlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda sanitariya holati ko‘zdan kechirildi.

“Kamalak” xususiy bog‘chasi shahardagi namunali maktabgacha ta’lim maskanlaridan biri bo‘lib, unda bolalarning sifatli ta’lim olishi va mazmunli tarbiya topishi uchun zarur sharoitlar yaratilgani qayd etildi.

Mazkur deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan yoritish va axborot bilan ta’minlash vazifalari Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mas’ul bosh mutaxassisi Z. Temirova tomonidan amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash