Barcha yangiliklar
O‘lkashunoslik sayohati – tarix va taassurotlarga boy kun!
Gallery image 185167
Gallery image 185168
Gallery image 185169
Gallery image 185170
Gallery image 185171
Gallery image 185172
Gallery image 185173
Gallery image 185174
MADAMINOV SHERZODBEK KOBILJONOVICH
10 Iyul 2026
11:11

O‘lkashunoslik sayohati – tarix va taassurotlarga boy kun!

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Sh.Ashurov tashabbusi bilan tumandagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun Farg‘ona viloyatiga uyushtirilgan sayohat ana shunday shior ostida o‘tdi.

Sayohat davomida o‘quvchilar Farg‘onaning diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalari va zamonaviy maskanlari bilan yaqindan tanishdilar. Bunday tadbirlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, yurtimiz tarixiga bo‘lgan qiziqishini arttirish va ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kun davomida olingan bir olam taassurotlar va yangi bilimlar o‘quvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qolishi shubhasiz. Yoshlarimizning ta’til kunlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan bu kabi xayrli tashabbuslar davom etadi.