Barcha yangiliklar
🏛 Deputatlar va saylovchilar muloqoti — aholi manfaatlari e’tibor markazida
Gallery image 184994
Gallery image 184995
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
10 Iyul 2026
09:57

🏛 Deputatlar va saylovchilar muloqoti — aholi manfaatlari e’tibor markazida

🏛 Deputatlar va saylovchilar muloqoti — aholi manfaatlari e’tibor markazida

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov va Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining “9-O’smat” saylov okrugidan saylangan deputati N.Kamolova tumandagi “Oqtosh” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar va mahalla aholisi bilan uchrashuvni o‘tkazdi.
Uchrashuvda tuman hokimligi kotibiyati mudiri F.Muhammadiyeva, tuman hokimining maslahatchisi X.Boymurodova, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi D.Misirov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalar muhokama qilindi. Fuqarolar tomonidan yo‘llarni ta’mirlash, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va boshqa yo‘nalishlar yuzasidan bildirilgan murojaatlar atroflicha o‘rganildi.