Barcha yangiliklar
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
Gallery image 184917
Gallery image 184918
Gallery image 184919
Gallery image 184920
Gallery image 184921
Gallery image 184922
Gallery image 184923
Gallery image 184924
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
10 Iyul 2026
09:18

Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi

         Ichki bozorlarda asosiy urdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining sun’iy ravishda oshib ketishining oldini olish va aholiga qulay sharoitlar yaratish maqsadida xalq vakillari tomonidan doimiy nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati, kotibiyat bosh mutaxassisi Yo.Tojiboyeva hamda M.Salibayevalar “Namunali” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan savdo shoxobchalari va do‘konlarda bo‘ldilar. Aholining kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining sotilish narxlari va zaxirasi o‘rganildi. Tadbirkorlar bilan uchrashilib, mahsulotlarning sifati, xaridorlar uchun yaratilgan qulayliklar hamda narx-navoning barqarorligini saqlab turish borasida fikr almashildi. Bu kabi kuzatuv va o‘rganishlar tumanning boshqa
hududlarida ham izchil davom ettirilmoqda.