Barcha yangiliklar
#24_ta_masala #okrugda_organish #DEPUTATLIK_NAZORATI
Gallery image 184895
Gallery image 184896
Gallery image 184897
Gallery image 184898
Gallery image 184899
Gallery image 184900
Gallery image 184901
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
10 Iyul 2026
09:11

#24_ta_masala #okrugda_organish #DEPUTATLIK_NAZORATI

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri M.Xуjanov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Mamatmuratov hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassislari A.Esanov va I Roziqov ishtirokida tumandagi “Qoratepa” mahallasi hududida joylashgan muqaddas qadamjolar va qabristonlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda sanitariya holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur hududlarda obodonlashtirish va sanitariya holatini yanada yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani, xususan, ziyoratchilar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida suv havzasi barpo etilayotgani qayd etildi.

Deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash📸Instagram