Barcha yangiliklar
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
Gallery image 184874
Gallery image 184875
Gallery image 184876
Gallery image 184877
Gallery image 184878
Gallery image 184879
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
10 Iyul 2026
08:58

Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda

        “Payshanba - Yoshlar kun” doirasida Jalaquduq tumanidagi Qutayba ibn Muslim ziyoratgohida tuman hokimi, tuman Kengashi deputati J.Latipov boshchiligida yoshlar bilan ochiq muloqot qizg‘in davom etmoqda. E’tiborlisi, ushbu uchrashuvda «Yoshlar maslahat guruhi» a’zolari ham bevosita ishtirok etib, tengdoshlarining muammolarini hal etish va loyihalarini qo‘llab-quvvatlashda faollik ko‘rsatmoqdalar. Zamonaviy o‘quv markazlari tashkil etish hamda boshqa istiqbolli tashabbuslari yuzasidan bildirilgan murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqilmoqda. Har bir masala yuzasidan aniq yechimlar belgilanib, ularni qisqa muddatlarda hal etish bo‘yicha mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berilmoqda.