Barcha yangiliklar
SPORT INSHOOTLARIDA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
Gallery image 184724
Gallery image 184725
Gallery image 184726
Gallery image 184727
Gallery image 184728
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
09 Iyul 2026
19:43

SPORT INSHOOTLARIDA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-noyabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-389-son qarori ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 5-Changi saylov okrugidan saylangan deputat Mahkamova Feruza Sadiyevna tomonidan Parkent tumani sport maktabida
o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan fuqarolarni sportga keng jalb etish, ular uchun yaratilgan sharoitlar hamda paralimpiya sport turlari, xususan shaxmat yo‘nalishida tashkil etilgan
mashg‘ulotlar ko‘zdan kechirildi. Sport murabbiyi Qutpiddinova Yorqinoy tomonidan mashg‘ulotlar sifatli tashkil etilib, sportchilarning qiziqish va salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi. Shuningdek, sport anjomlari holati, sport to‘garaklari faoliyati hamda mashg‘ulotlar o‘tkazilayotgan sharoitlar o‘rganildi.O‘rganish yakunida deputat tomonidan sport maktabi mas’ullariga mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash, nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sport sohasini yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.