Barcha yangiliklar
Bo‘stonliq tumani “Sijjak” mahallasi aholisining bir yillik ichki muammosi deputatlar aralashuvi bilan hal etildi.
Gallery image 21353
Gallery image 21354
Gallery image 21355
Gallery image 21356
Gallery image 21357
Gallery image 21358
Gallery image 21359
Gallery image 21360
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
09 Dek 2024
15:44

Bo‘stonliq tumani “Sijjak” mahallasi aholisining bir yillik ichki muammosi deputatlar aralashuvi bilan hal etildi.

  Bo‘stonliq tumani “Sijjak” mahallasi aholisining bir yillik ichki muammosi deputatlar aralashuvi bilan hal etildi.

- Joriy yil 30-noyabr kuni Toshkent viloyat hokimining O‘rta Chirchiq tumanida o‘tkazgan sayyor qabulida Bo‘stonliq tumani fuqarolari Ergashvoy Ashurov va boshqalar tomonidan “Chorvoq suv ombori” qirg‘og‘iga olib boruvchi ichki ko‘cha fuqaro Zafar Mirzayev tomonidan to‘sib olinganligi va aholi qiyinchiliklarga duch kelayotganligi to‘g‘risida murojaat qilingan.

 - Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi S. Fayziyeva topshirig‘iga asosan ushbu murojaat viloyat Kengashi deputati G. Abdullayeva, tuman Kengashi deputati F. Axmedov, kotibiyat mudiri J. Sadirov va tegishli mas’ullar tomonidan joriy yilning 7-9-dekabr kunlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

  - Olib borilgan tushuntirishlar natijasida fuqaro Zafar Mirzayev o‘rnatgan darvozasini olib, o‘ziga tegishli bo‘lgan yer maydoni orqali “Chorvoq suv ombori” qirg‘og‘igacha yo‘lni ochib berdi.