Barcha yangiliklar
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish jarayoni o‘rganildi
Gallery image 184599
Gallery image 184600
MUXITDINOV MUXAMMADFUZAYLIDDIN BAXROM UGLI
09 Iyul 2026
18:49

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish jarayoni o‘rganildi


O‘rganish davomida oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlanish sharoitlari, taomnoma asosida ovqat tayyorlanishi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda oshxonalarning moddiy-texnik holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mas'ul xodimlar bilan muloqot o‘tkazilib, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, bolalarning sifatli va xavfsiz ovqatlanishini ta'minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Deputat tomonidan bu kabi o‘rganishlar ta'lim muassasalarida bolalar salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom ovqatlanish tizimini yanada takomillashtirish hamda amaldagi me'yoriy talablar ijrosini ta'minlashga xizmat qilishi ta'kidlandi.