Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Payariq tumani Pensiya jamg‘armasi boshlig‘i A.Tursunov faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Gallery image 184597
Gallery image 184598
JAZILOV NURISLOM KABILJONOVICH
09 Iyul 2026
16:49

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Payariq tumani Pensiya jamg‘armasi boshlig‘i A.Tursunov faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

#162_Qonun
#Deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Payariq tumani Pensiya jamg‘armasi boshlig‘i A.Tursunov faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan №938-XII-son talablari asosida fuqarolarga pensiya tayinlash, qayta hisoblash, to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda murojaatlar bilan ishlash holati tahlil qilindi.

Shuningdek, mas’ul rahbar bilan pensiya ta’minoti tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda amaldagi qonunchilik ijrosini ta’minlash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|