Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 184568
Gallery image 184569
Gallery image 184570
Gallery image 184571
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
09 Iyul 2026
17:52

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi oldidan Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Mas’ul tashkilotlarning axborotlari tinglanib, amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi hamda komissiya a’zolari tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Muhokama qilingan masala navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi tavsiya etildi.