Barcha yangiliklar
💧 Deputat tashabbusi
Gallery image 184563
Gallery image 184564
Gallery image 184565
Gallery image 184566
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
09 Iyul 2026
17:43

💧 Deputat tashabbusi

Aholini toza va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Mirzabekov tashabbusi bilan G'allakon mahalla fuqarolar yig'ini hududida ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyiha mahalla aholisining ko‘p yillik murojaatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tashkil etildi. Hozirgi kunda tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan suv quvurlarini yotqizish, tarmoqlarni ulash hamda infratuzilmani yaxshilash ishlari belgilangan reja asosida olib borilmoqda.
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari doimiy nazorat qilinib, ishlar sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullar bilan hamkorlik qilinmoqda.