Barcha yangiliklar
Deputat Z.V. Yo‘ldashova tomonidan “8-Puchug‘oy” saylov okrugidagi “Mashad” mahallasidagi ijtimoiy soha obyektlari o‘rganildi.
Gallery image 184518
Gallery image 184519
Gallery image 184520
Gallery image 184521
Gallery image 184522
Gallery image 184523
Gallery image 184524
Gallery image 184525
Gallery image 184526
Gallery image 184527
Gallery image 184528
Gallery image 184529
Gallery image 184530
MELIQO‘ZIYEV SARVARJON SOXIBJONOVICH
09 Iyul 2026
17:20

Deputat Z.V. Yo‘ldashova tomonidan “8-Puchug‘oy” saylov okrugidagi “Mashad” mahallasidagi ijtimoiy soha obyektlari o‘rganildi.

Kengashning 6 – 10-iyul kunlari uchun mo‘ljallangan haftalik ish rejasiga muvofiq deputat Z.V. Yo‘ldashova tomonidan “8-Puchug‘oy” saylov okrugidagi “Mashad” mahallasidagi ijtimoiy soha obyektlari o‘rganildi.

Ushbu o‘rganish jarayonlarida deputat Z.V. Yo‘ldashovaga “Mashad” mahallasi raisi M.Xo‘jamatov hamda xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati xodimlari S.Nabiyev va S.Meliqo‘ziyevlar hamrohlik qilishdi.

Bunda “Mashad” mahallasi hududidagi 7-sonli DMTT da o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishda qo‘yidagilar aniqlandi:
Mazkur tashkilot 1968-yilda qurilgan bo‘lib, 90 o‘ringa ega ekanligi, hozirgi kunga kelib hududda oilalar soni oshganligini hisobga olib, ushbu tashkilotga qo‘shimcha bino qurilishiga zarurat bor.

So‘ngra deputat Z.V. Yo‘ldashova o‘rganish yakuni bilan “Mashad” mahallasi hududidagi 7-sonli DMTT uchun qo‘shimcha bino qurilishi yuzasidan tegishli mas’ul rahbarlarga deputat so‘rov yuborilishini ta’kidlab o‘tdi.

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi