Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 184371
Gallery image 184372
Gallery image 184373
Gallery image 184374
Gallery image 184375
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
09 Iyul 2026
16:22

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏥 Poshxurt oilaviy shifokorlik punktida tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 4-Uch yog‘och–Qorabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov Sherobod tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Poshxurt oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Shuningdek, tibbiyot xodimlarining mehnat faoliyati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda tibbiy xizmatlar samaradorligi bilan yaqindan tanishildi.

📋 O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi doirasida:

🔹 oilaviy poliklinikalar va mahalla tibbiyot punktlarida tibbiy xizmatlar sifati;

🔹 davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlardan aholining foydalanish darajasi;

🔹 profilaktik tibbiy ko‘riklar bilan aholi qamrovi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

✅ O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.