Barcha yangiliklar
24 tavsiya ijrosi amalda
Gallery image 184355
Gallery image 184356
Gallery image 184357
Gallery image 184358
Gallery image 184359
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
09 Iyul 2026
16:10

24 tavsiya ijrosi amalda

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiya asosida belgilangan vazifalar izchil amalga oshirilmoqda.

Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan Andijon shahridagi 17-sonli umumta'lim maktabida sport musobaqasi tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari A. Appaqov, U. Shokirov va M. Jalolov ishtirok etib, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sportni ommalashtirish masalalari yuzasidan o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdilar.

Musobaqa yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar deputatlar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi matbuot xizmati