Barcha yangiliklar
Andijon shahar Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Gallery image 184346
Gallery image 184347
Gallery image 184348
Gallery image 184349
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
09 Iyul 2026
16:08

Andijon shahar Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Avazbek Appaqov ishtirokida Andijon shahar Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida:
mehnat va xizmat intizomiga qat'iy rioya etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi;
xizmat faoliyatida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish;
xizmat mas'uliyati hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, tadbirda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, qonun ustuvorligini ta'minlash hamda xizmat vazifalarini vijdonan va mas'uliyat bilan bajarishning ahamiyati alohida ta'kidlandi.