Barcha yangiliklar
Yoshlar xiyobonida olib borilayotgan qurilish ishlari oʻrganildi
Gallery image 184325
Gallery image 184326
Gallery image 184327
Gallery image 184328
ASTANOVA MUBORAK SHERKULEVNA
09 Iyul 2026
16:06

Yoshlar xiyobonida olib borilayotgan qurilish ishlari oʻrganildi

Yoshlar xiyobonida olib borilayotgan qurilish ishlari oʻrganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xasanova Gulshan Zokirovna, Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova hamda ishchi guruh aʼzolari Navoiy shahridagi Yoshlar xiyobonida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdilar.

Oʻrganish davomida qurilish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati, loyiha hujjatlarida belgilangan talablar va qurilish meʼyorlariga rioya etilishi, shuningdek, ishlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi koʻzdan kechirildi.

Shuningdek, qurilish maydonida mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, qurilish materiallaridan oqilona foydalanilishi hamda hududni obodonlashtirish ishlarining borishiga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻrganish yakunlari boʻyicha aniqlangan holatlar yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi. Mazkur oʻrganish qurilish ishlarining sifatli tashkil etilishi, belgilangan muddatlarda yakunlanishi hamda bunyod etilayotgan obyektning foydalanishga oʻz vaqtida topshirilishini taʼminlashga xizmat qiladi.