Barcha yangiliklar
Markaziy dehqon bozorida sanitariya-tozalik holati va savdo faoliyati oʻrganildi
Gallery image 184257
Gallery image 184258
Gallery image 184259
Gallery image 184260
ASTANOVA MUBORAK SHERKULEVNA
09 Iyul 2026
15:41

Markaziy dehqon bozorida sanitariya-tozalik holati va savdo faoliyati oʻrganildi

Markaziy dehqon bozorida sanitariya-tozalik holati va savdo faoliyati oʻrganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Gulshan Zokirovna, Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova hamda ishchi guruh aʼzolari Navoiy shahridagi Markaziy dehqon bozorida sanitariya-tozalik holati hamda savdo faoliyatining tashkil etilishi yuzasidan monitoring oʻtkazdilar.

Monitoring davomida bozor hududining sanitariya-gigiyena holati, tozalik darajasi, savdo rastalarining belgilangan tartibda joylashtirilgani, sotuvchilarning faoliyati hamda fuqarolarning bozor hududida erkin va xavfsiz harakatlanishi uchun yaratilgan sharoitlar oʻrganildi.

Shuningdek, piyodalar yoʻlaklarining ochiq saqlanishi, savdo joylarining tartibli tashkil etilgani va xaridorlar uchun qulay muhit yaratilganiga alohida eʼtibor qaratildi.

Monitoring yakunlari boʻyicha aniqlangan holatlar yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi. Bunday oʻrganishlar bozor hududida sanitariya-tozalikni taʼminlash, savdo faoliyatini yanada tartibga solish hamda aholiga sifatli va qulay xizmat koʻrsatishni taʼminlashga xizmat qiladi.