Barcha yangiliklar
Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda
Gallery image 184203
Gallery image 184204
Gallery image 184205
Gallery image 184206
Gallery image 184207
Gallery image 184208
YUSUBOV MUZAFFAR ALIMBAYEVICH
09 Iyul 2026
15:09

Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda

#yalpi_majlis_17 #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda

🏛 Bugun, 9-iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Yalpi majlisda senatorlar, Hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar vakillari, mahalliy Kengashlar deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda. Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda.

🔺 Mazkur yalpi majlis jarayonlarida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi hamda Toshkent shahar Kengashi deputatlari ham faol ishtirok etmoqda. Ular mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, hududlarni kompleks taraqqiy ettirish va qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan muhim masalalar muhokamalarida qatnashmoqda.

📋 Yalpi majlis kun tartibida qator muhim masalalar, jumladan, “Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun, “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning huquqlarini ta’minlashga qaratilgan qonun muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilinmoqda.

🔻 Yalpi majlis muhokamalarini Senatning rasmiy YouTube sahifasi orqali jonli efirda kuzatish mumkin.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash