Barcha yangiliklar
Хalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Kamalov hamda tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik A.Boymirzayevlar boshchiligida probatsiya hisobida turuvchi yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil qilindi.
Gallery image 21282
Gallery image 21283
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
17 Dek 2024
10:51

Хalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Kamalov hamda tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik A.Boymirzayevlar boshchiligida probatsiya hisobida turuvchi yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil qilindi.

- Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Kamalov hamda tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik A.Boymirzayevlar boshchiligida probatsiya hisobida turuvchi yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil qilindi.

-Uchrashuvda sud hukmiga asosan belgilangan jazo muddatini o‘tash davrida nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etmaslik, tuzalish yo‘liga o‘tish orqali qonunlarda ko‘rsatilgan tartibda muddatidan oldin jazodan ozod etilish imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.

- Shuningdek, bugungi kunda yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida to‘xtalib o‘tildi hamda har bir yoshning muammolarini hal etish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida zarur choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

-Ushbu uchrashuvlardan ko‘zlangan maqsadi probatsiya nazoratidagi yoshlarning ijtimoiy integratsiyasiga ko‘maklashish, ularning hayotga bo‘lgan ijobiy qarashlarini shakllantirish va jinoyatlarning oldini olishdir.