
#Huquqiy_axborot_soati #KengashQarori (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) 🗣Doimiy komissiya faoliyati
Mazkur doimiy komissiya hududning iqtisodiy rivojlanishi va budjet mablag‘laridan samarali foydalanish ustidan deputatlik nazoratini amalga oshiradi.
💬Komissiyaning asosiy vazifalari:
🟢mahalliy budjet loyihasi va uning ijrosini ko‘rib chiqish;
🟢budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini nazorat qilish;
🟢rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashish;
🟢investitsiya va turizm dasturlarini o‘rganish;
🟢kommunal soha, transport va infratuzilma rivojlanishini tahlil qilish;
🟢"Tashabbusli budjet" va "Xalqparvar" komissiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish;
🟢aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirishga oid dasturlar ijrosini nazorat qilish.
📖Asos: Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizomi, 11-band.