Barcha yangiliklar
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
Gallery image 183832
Gallery image 183833
Gallery image 183834
Gallery image 183835
Gallery image 183836
Gallery image 183837
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
09 Iyul 2026
10:25

Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili

        Inson qadrini ulug‘lash, ayniqsa, ko‘makkamuhtoj oilalarga hayotiyzarur sharoitlarni yaratibberish bugungi kunningbosh mezonidir. Jalaquduq tumanida bu boradagi ishlar tizimli tashkil etilgan. Kuni kecha Xalq
deputatlari tuman Kengashi mas’ullari I.Jurayev va E.Qurbonovlar “Yangichek” mahallasida yashovchi fuqaro Furqatjon Isaqovning uyida bo‘lib, bunyodkorlik jarayonlari bilan tanishdilar.
Suhbat davomida tuman hokimligi huzuridagi Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi tomonidan uyni ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘lardan to‘g‘ri va unumli foydalanish masalalari muhokama qilindi. Deputatlar qurilishning sifati qonun talablariga to‘liq javob berishi kerakligini alohida ta’kidlab, jamg‘arma mablag‘larining maqsadli ishlatilishi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatdilar. Maqsad bitta — ajratilayotgan har bir so‘m davlat ko‘magi aholi farovonligi va mahallalar barqarorligiga xizmat qilishi lozim.