Barcha yangiliklar
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Gallery image 183821
Gallery image 183822
Gallery image 183823
Gallery image 183824
Gallery image 183825
Gallery image 183826
Gallery image 183827
Gallery image 183828
Gallery image 183829
Gallery image 183830
Gallery image 183831
MELIQO‘ZIYEV SARVARJON SOXIBJONOVICH
09 Iyul 2026
10:13

“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Kengashning 6 – 10-iyul kunlari uchun mo‘ljallangan haftalik ish rejasiga muvofiq nazorat-tahlil tadbirlari asosida o‘rganish ishlari natijalari yuzasidan Kengashning “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda quyidagi O‘zbekiston Respublikasining 26.12.2016-yil kungi “
Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-415-son Qonuni hamda xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining 20.07.2026-yil kungi “Uchko‘prik tumanida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasiga yo‘naltirilgan mablag‘lardan foydalinishga ruxsat berish to‘g‘risida”gi VII-32-76-11-162-K/26-son qarori ijrosi yuzasidan joylarda olib borilayotgan ihlar tahlili muhokama qilindi.

Bunda Kengashning “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi, Kengash huzuridagi ekspert guruhi hamda O‘zLiDeP tuman Kengashi deputatlik guruhi a’zolari ishtirok etishdi.

Mazkur o‘rganish natijalari yuzasidan Kengashning “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi Z.Maxkamovaning axboroti tinglandi.

Axborotda xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining 20.07.2026-yil kungi VII-32-76-11-162-K/26-son qarori asosida tumandagi “Yakkatut”, “Zig‘ir” hamda “Yulg‘unzor” mahallalaridagi I guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan oilalar xonadonlarida “yashil” ta’mirlash ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish natijalarining tahlili keltirilgan.

So‘ngra doimiy komissiya a’zolari hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolari ushbu masala yuzasidan o‘zlarining zarur taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tishdi.

Ushbu masala yuzasidan Kengashning “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.

Kelgusida Kengashning “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi hamda O‘zLiDeP tuman Kengashi deputatlik guruhi a’zolari bu sohada hamkorlik ishlarini davom ettirishadi.

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi