Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar To‘rttol mahallasi raisi I.Raxmonov bilan birgalikda yangi ko‘prikda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
Gallery image 183784
Gallery image 183785
Gallery image 183786
Gallery image 183787
Gallery image 183788
Gallery image 183789
Gallery image 183790
ABDUVOSITOVA GAVHAROY KAMOLIDINOVNA
09 Iyul 2026
09:56

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar To‘rttol mahallasi raisi I.Raxmonov bilan birgalikda yangi ko‘prikda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

 O‘rganish davomida ko‘prikning asosiy qurilish ishlari to‘liq yakunlangani, mazkur inshoot transport vositalari va fuqarolarning xavfsiz hamda qulay harakatlanishini ta’minlashga xizmat qilishi qayd etildi. Shuningdek, hozirgi kunda qurilishning yakuniy bosqichi doirasida yo‘l chetlariga beton himoya to‘siqlarini o‘rnatish hamda piyodalar uchun maxsus yo‘laklar barpo etish
ishlari olib borilishi belgilanganligi ta’kidlandi.
Deputat tomonidan mazkur ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, qurilish jarayonida xavfsizlik hamda sifat talablariga qat’iy rioya etish, ushbu ko‘prikning ahamiyati haqida to‘liq ma’lumot berdi. Mazkur ko‘prik foydalanishga topshirilgach, ikki hudud aholisi uchun transport qatnovi va o‘zaro aloqalarni yanada qulaylashtirishga xizmat qilmoqda.