Barcha yangiliklar
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
Gallery image 183733
Gallery image 183734
Gallery image 183735
Gallery image 183736
Gallery image 183737
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
09 Iyul 2026
09:31

Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi

               Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati, Kotibiyat bosh mutaxassisi Yo.Tadjibayeva hamda M.Salibayevalar tomonidan tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limida ijro intizomi va fuqarolar murojaatlari bilan
ishlash holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida bo‘limga kelib tushgan yuqori turuvchi organlarning topshiriqlari, qaror va farmoyishlar ijrosining o‘z vaqtida ta’minlanishi, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslardan kelgan murojaatlarning qonuniy ko‘rib chiqilish muddatlariga rioya etilishi tahlil qilindi. Mas’ullarga aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish va aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Ijro intizomi — faoliyat samaradorligining bosh mezonidir.