Barcha yangiliklar
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
Gallery image 183698
Gallery image 183699
Gallery image 183700
Gallery image 183701
Gallery image 183702
Gallery image 183703
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
09 Iyul 2026
09:22

Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida

               O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2025-2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda deputatlik nazorati olib borilmoqda. Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati E.Qurbonov “Yangisor” MFY hududidagi 15-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, u yerda olib borilayotgan rekonstruksiya ishlarining borishini o‘rgandi. O‘rganish davomida mazkur ta’lim maskanida qurilish-ta’mirlash ishlari belgilangan reja asosida, jadallik bilan olib borilayotganligi ma’lum bo‘ldi. Xalq vakili quruvchilar bilan suhbatlashib, ishlar sifati va muddatlariga alohida e’tibor qaratdi.