Barcha yangiliklar







KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
09 Iyul 2026
09:14
Deputat nazoratida: “Nilufar” yozgi oromgohidagi sharoitlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi – kotibiyat mudiri Xushnudbek Sultonov “Nilufar” yozgi oromgohida deputatlik nazoratini amalga oshirdi.
Nazorat davomida oromgohda yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirilib, dam olayotgan bolalar bilan samimiy muloqot qilindi. O‘quvchilar oromgohdagi sharoitlar, tashkil etilgan mazmunli dam olish va mashg‘ulotlardan mamnun ekanliklarini bildirib, o‘z fikr va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.