Barcha yangiliklar
Deputat o‘ziga biriktirilgan tashkilotda nazorat tartibida o‘rganish o‘tkazdi.
Gallery image 183521
Gallery image 183522
Gallery image 183523
Gallery image 183524
Gallery image 183525
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
02 Iyul 2026
21:52

Deputat o‘ziga biriktirilgan tashkilotda nazorat tartibida o‘rganish o‘tkazdi.

O‘rganish davomida ilmiy-texnik yondashuv asosida kompleks profilaktik tadbirlarni bevosita “mahallabay” va “xonadonbay” tartibda amalga oshirish mexanizmi joriy etilganligi, favqulodda vaziyatlar, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha davlat nazorati shakllari hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari yangicha yondashuv asosida takomillashtirilganligi,
qurilish va xizmat ko‘rsatish industriyasiga xavflarni bartaraf etish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar tatbiq etilishi, energetika, yirik ishlab chiqarish va hayotiy infratuzilma obyektlarida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning yangi metodikalari ishlab chiqilganligi, malakali va professional kadrlar tayyorgarligi tahlil qilindi.
Ta’kidlash joizki, deputatlik nazorati tadbirlari qonunlar ijrosini ta’minlash, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi hamda hisobdorligini kuchaytirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va fuqarolarning qonuniy huquq hamda manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.