Barcha yangiliklar
Tuman hududida sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar holati sessiyadan oldin o'rganildi va ushbu masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
Gallery image 183022
Gallery image 183023
Gallery image 183024
Gallery image 183025
Gallery image 183026
Gallery image 183027
Gallery image 183028
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
08 Iyul 2026
16:05

Tuman hududida sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar holati sessiyadan oldin o'rganildi va ushbu masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Tuman hududida sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tegishli o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganish doirasida doimiy komissiya a'zolari Kim Marina Melisovna va Hidiyatulina Rima Rashitovna tomonidan tuman hududida sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati hamda mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish natijalari doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilinib, masala yuzasidan komissiyaning tegishli xulosasi va tavsiyalari shakllantirildi. Shundan so‘ng mazkur masalani Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish maqsadga muvofiq deb topildi.

Kengash sessiyasida masala deputatlar tomonidan har tomonlama muhokama qilinib, doimiy komissiya tomonidan taqdim etilgan xulosa va tavsiyalar, shuningdek bildirilgan taklif hamda mulohazalar inobatga olingan holda tegishli qaror qabul qilindi.