Barcha yangiliklar
DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
Gallery image 183017
Gallery image 183018
Gallery image 183019
Gallery image 183020
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
08 Iyul 2026
16:02

DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari A. Appaqov, X. Xolmatov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi O. Olimjonov tomonidan Andijon shahrining “Ittifoq” MFY hududida joylashgan 27-son umumta'lim maktabini rekonstruksiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida rekonstruksiya loyihasi "House Grand" MChJ tomonidan ishlab chiqilgani, bosh pudratchi "Yaxshilik sari" MChJ, buyurtmachi esa "Yagona buyurtmachi xizmati" IK DM ekani ma'lum qilindi.

Shuningdek, rekonstruksiya ishlarining borishi, qurilish sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda ta'lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan atroflicha o‘rganish olib borildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi va mazkur masala deputatlar nazoratiga olindi.