Barcha yangiliklar
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
Gallery image 182990
Gallery image 182991
Gallery image 182992
Gallery image 182993
Gallery image 182994
Gallery image 182995
Gallery image 182996
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
08 Iyul 2026
15:47

Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

📌 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva tomonidan Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida “G‘alaba” MFYda navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi. Uchrashuvda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Xoliqjonova, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Xashimova va “G‘alaba” MFY xotin-qizlar faoli A.Xudjayevalar ishtirok etdi.

🔖 O‘rganish jarayonida mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi hamda ularning murojaat va takliflari tinglandi.

✍️ Shuningdek, deputat tomonidan fuqarolarning murojaatlari deputat yon daftarchasiga qayd etilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi. Murojaatlar ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

💡 Aholining muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularni qonuniy hal etish va fuqarolar bilan doimiy muloqotni ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.